Kelgusi yil bahorda «Paxtakor» stadionining rekonstruksiyasi boshlanadi. Bu haqda Toshekentda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida jamoa raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Qayd etilishicha, stadionda rekonstruksiya ishlari yakunlangandan so‘ng, futbol maydoni FIFA standartlariga mos bo‘ladi. Shundan soʻng oʻyinlarni uyda oʻtkazamiz, deb qoʻshimcha qildi Ortiqxoʻjayev.
Bundan tashqari, portugaliyalik murabbiy Pedro Moreyra bilan ham 1+1 shartnoma imzolandi.
«Maxim Shatskikh hech qayerga ketgani yo‘q. U jamoa tizimida ishlashda davom etadi. Men undan minnatdorman», — dedi Ortiqxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» futbol klubiga portugaliyalik murabbiy Pedro Moreyra taklif etilgani haqida xabar bergan edi.