Buyuk Britaniya kompaniyasi «Itransition» MCHJning 100 foiz ulushini sotib oladi
eʼlon qilindi
Raqobat qo‘mitasi arizani qanoatlantirdi
Raqobat qo‘mitasi Buyuk Britaniyaga tegishli «Itransition Holdco Limited» kompaniyasi «Itransition» MCHJning 100 foiz ulushlarini sotib olish bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Itransition Holdco Limited» va «Itransition» MCHJ axborot texnologiyalari va dasturlashtirish sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tahlillari natijasida bitim bozorda raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlanib, ariza qanoatlantirildi va bitimga rozilik berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi veb-saytlar bloklangani haqida yozgan edik.