Dollar kursi kelgusi yillarda qanday boʻladi
eʼlon qilindi
15 000 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin
S&P Global Ratings O‘zbekistonning ijobiy kredit reytingi va kelgusi yillardagi dollar kursi prognozlarni e’lon qildi. Bu haqda S&P Global nashri o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi bosqichma-bosqich oshishi kutilmoqda: 2024-yil oxirida 12 950 so‘m, 2025-yilda 13 650 so‘m, 2026-yilda 14 300 so‘m va 2027-yilda 15 000 so‘mga yetishi taxmin qilinmoqda.
Bu o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va tashqi iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtacha 5,6% o‘sish sur’atini saqlab qolishi kutilayotgani haqida yozgan edik.