O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtacha 5,6% o‘sish sur’atini saqlab qolishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
2024-2027-yillar davomida
Foto: Pexels.com

S&P Global Ratings O‘zbekistonning xalqaro va milliy valyutadagi uzoq muddatli suveren kredit reytingini «BB-/B» darajasida tasdiqladi. Tahlil S&P Global rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024-2027-yillar davomida o‘rtacha 5,6% o‘sish sur’atini saqlab qolishi kutilmoqda. Bu asosan davlat investitsiyalari va xususiy iste’mol bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Agentlik O‘zbekistonning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 39% darajasida qolishini, tashqi qarzlarning ko‘pchiligi imtiyozli shartlarda rasmiy kreditorlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Shu bilan birga, tashqi va byudjet taqchilliklarining nazorat ostida qisqarishi kutilmoqda.

O‘zbekiston hukumati energiya tariflarini oshirish, davlat subsidiyalarini qisqartirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish kabi islohotlarni davom ettirmoqda. Bu islohotlar orqali 2027-yilgacha byudjet taqchilligi 3,5% gacha pasayishi rejalashtirilgan. Shuningdek, iqtisodiy diversifikatsiya va yashil energiyaga o‘tish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va „yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qilish taklif qilingan edi.

Shuningdek