O‘zbekiston Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikda 5 ta loyiha amalga oshirmoqda
Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi uchrashuvida O‘zbekiston va XAEA o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston XAEA a’zosi sifatida 1994-yildan beri 40 dan ortiq qo‘shma loyihani amalga oshirib, texnik ko‘makdan foydalanib kelmoqda. Hozirda yadro fanlari, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalarida 5 loyiha ustida ish olib borilmoqda.
Uchrashuvda xalqaro konferensiyalar tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va «tinch atom» sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Bu tadbir O‘zbekistonning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish yo‘nalishida global hamkorlikni mustahkamlashga intilayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident tog‘-kon va metallurgiya sohasiga $1 millard investitsiya jalb qilinishini aytgan edi.