O‘zbekistonda mahkumlar uchun elektron brasletlar ishlab chiqariladi

eʼlon qilindi
Ular Respublika kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan
Foto: «RIA Novosti»

O‘zbekistonda mahkumlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan elektron brasletlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar berdi.

Mazkur brasletlar va ularga mos dasturiy ta’minot Respublika kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

Joriy yilning aprel oyida elektron brasletlar mamlakatda sinovdan o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilgan edi. Ularni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari shu yilning oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning 3,6 ming mahallasida jinoyatchilik yo‘qligi haqida yozgan edi.

Shuningdek