
O‘zbekistonda mahkumlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan elektron brasletlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar berdi.
Mazkur brasletlar va ularga mos dasturiy ta’minot Respublika kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Joriy yilning aprel oyida elektron brasletlar mamlakatda sinovdan o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilgan edi. Ularni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari shu yilning oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning 3,6 ming mahallasida jinoyatchilik yo‘qligi haqida yozgan edi.