Sergeli tumanidagi 17 ta mahalla vaqtincha elektr tarmog‘idan uziladi
4 – 11-dekabr kunlari poytaxtdagi Sergeli tumanining ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uzilishlar «Teplichnaya» podstansiyasida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari, jumladan, eskirgan elektr qurilmalarini yangilash va yuklamani teng taqsimlash bilan bog‘liq.
Vaqtinchalik uzilishlar Nomdanak, Sultonobod, Xonobod, Xonobodtepa, Xontepa, Eski Jaloyir, Ko‘xnaqumariq, Ziyolilar, Eshonbuloq, Izzatli, Sadoqat, Shukrona, Xalqobod, Madaniyat, Qushqorgon, Asrobod va Kengmakon mahallalarda kuzatiladi.
Ma’lumot uchun, modernizatsiya ishlari belgilangan vaqtdan oldin tugatilishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt jamoat transporti 24 soatlik rejimga o‘tkazilishi mumkinligi haqida yozgan edik.