Toshkent aeroportida cheklovlar joriy etildi
eʼlon qilindi
Yomon ob-havo tufayli

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli Toshkent xalqaro aeroportida 3-dekabr kuni soat 18:10 dan boshlab havo kemalarini qabul qilish to‘xtatildi, deb xabar beradi Uzbekistan Aeraports.
Cheklov paytida reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirilmoqda. Xususan, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Liej – Toshkent yo‘nalishidagi HY3174 reysi Buxoro aeroportidan amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namangan aeroportida cheklovlar joriy etilgani haqida yozgan edi.