Yandex Uzbekistan xayriya tashkilotlariga 189 mln so‘m ajratdi

eʼlon qilindi
“Saxovatli noyabr” aksiyasi doirasida
Foto: Yandex

Yandex Uzbekistan kompaniyasi «Saxovatli noyabr» aksiyasi yakunlarini e’lon qildi. To‘plangan 189 mln so‘m mablag‘ni «Ona uyi», «Teach for Uzbekistan», «ONA» va «Sharoit Plus» xayriya tashkilotlariga yo‘naltirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Aksiya davomida foydalanuvchilar juma kunlari Yandex Go xizmatlaridan foydalanib bunga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Har 10 km yo‘l uchun kompaniya 50 so‘m ajratdi, ovqat yetkazib berish xizmatida esa har bir 60 minglik buyurtma uchun 500 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy viloyatida Yandex Go xizmati ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek