Angela Merkelning kitobi yilning eng muvaffaqiyatli asari sifatida rekord qo‘ydi
Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning «Erkinlik: Xotiralar 1954 – 2021» memuarlari mamlakatda bir hafta ichida 200 ming nusxada sotilib, yilning eng ko‘p sotilgan kitobiga aylandi. Bu haqda Deutsche welle axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kitobda sobiq kanslerning bolaligi, siyosiy faoliyati va Germaniyaga 16 yil davomida rahbarlik qilgani tasvirlangan.
Hisobotlarga ko‘ra, kitob barcha yosh va jinsdagi o‘quvchilar orasida mashhurlikka erishdi. Merkel uni targ‘ib qilish uchun Yevropa va AQSh bo‘ylab safarga chiqdi. Vashingtonda AQSh prezidenti Barak Obama bilan birga taqdimot o‘tkazdi.
Shu bilan birga, kitob narxining balandligi va yangi ma’lumotlarning kamligi uchun tanqid qilindi. Shunga qaramay Merkelning asari yilning eng yorqin nashrlaridan biriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bill Geyts ham o‘z memuarlarini chiqarishi haqida yozgan edik.