Apple’ning buklanuvchi smartfon 2026-yilda bozorni zabt etishi mumkin

5-dekabr 2024 13:18 eʼlon qilindi

(5-dekabr 2024 13:19 yangilandi)
Behruz Valiyev

Behruz Valiyev

Muxbir
Foto: Apple

Apple kompaniyasi 2026-yilning ikkinchi yarmida yangi form-faktordagi qurilmasini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda MacRumors nashri xabar berdi.

Buklanuvchi smartfonlar bozori 2026-yilda 30 foizdan ko‘proqqa, 2027 va 2028-yillarda esa 20 foizdan o‘sadi, deya ta’kidladi Display Supply Chain Consultants (DSCC) rahbari va insayder Ross Yang.

Kompaniya tomonidan noodatiy turdagi apple qurilmalarining ishlab chiqarishi 2026-yilning boshidan taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaining o‘lchami 7,9 dan 8,3 dyuymgacha bo‘ladi, shuningdek, taxminiy ko‘rinishi Galaxy Z Flip kabi bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple kompaniyasi o‘z xodimlarini kuzatishda va huquqlarini cheklashda ayblangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek