BYD ilk bora Ford’ni sotuvlar bo‘yicha ortda qoldirdi

5-dekabr 2024 13:39 eʼlon qilindi

(5-dekabr 2024 14:00 yangilandi)
Behruz Valiyev

Behruz Valiyev

Muxbir
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Foto: BYD kompaniyasi

Joriy yilning uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 1,1 million mashina sotdi va AQSHning Ford kompaniyasini ortda qoldirdi. Bu haqda Nikkei Asia xabar berdi.

Kompaniya ilk marotaba bir chorak davomida bir milliondan ortiq mashina sotdi va dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari reytingida beshinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, iyun – sentabr oylari davomida Ford’ning sotuvlari xitoylik raqibidan 40 ming mashinaga kam bo‘ldi.

Joriy yil boshidan beri sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha Ford hali ham BYDdan oldinda. Biroq ular orasidagi farq 50 ming mashinagacha qisqargan va bu farq davom etmoqda.

Tahlilchilar BYD yil yakuniga qadar dunyoning eng yirik beshta ishlab chiqaruvchilari qatoriga kirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

2024-yilning yanvar – sentabr oylarida BYD’ning global sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 38 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD sotuvlar bo‘yicha rekord natijani qayd etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek