Farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-yanvardan boshlab
Foto: Pexels.com

Prezident «Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab original dori vositalari, laboratoriya uskunalari uchun maxsus reagent va sarflov vositalari hamda shoshilinch tibbiy yordam uchun zarur mahsulotlar davlat xaridlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yangi Xaridlar markazi va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi. Xaridlarning qonuniyligi va mahsulotlarning manzilli yetkazib berilishi ustidan qat’iy nazoratni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar avtomatlashtirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek