Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
eʼlon qilindi
Lavozimni Piergabriele Papadia de Bottini egallagan

Piergabriele Papadia de Bottini Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deya xabar berdi O‘zR tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.
Italiya diplomatik missiyasi rahbari 4-dekabr kuni Saidov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda Saidov elchini mamlakatimizdagi faoliyati uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib kim tayinlangani haqida yozgan edi.