Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ayrim antifriz mahsulotlarining markirovka talablari buzilganini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, nazorat xaridlari davomida Magas, Megazone va Sibiria antifrizlarida normativ hujjatlar, ishlab chiqarilgan sana va muvofiqlik belgilari haqida yetarli ma’lumot mavjud emasligi qayd etildi. Bu holat iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonun talablari buzilganini ko‘rsatadi.
Mazkur muammolarni hal etish maqsadida vakolatli organlarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 37 mingdan ortiq iste’molchilar kafolatlanmagan xizmatlardan foydalangani haqida yozgan edik.