O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkorimiz – Huawei

eʼlon qilindi
AKT sohasida hamkorlik yangi bosqichga chiqadi
Foto: Cnbc.com

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoyning Huawei kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tadbirda agentlikning raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlari yuqori baholandi va istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Huawei vakillari O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim hamkor sifatida ta’kidlab, AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Memorandum loyihasi kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, Huawei 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi. O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1999-yilda ochilgan va hozirda 400 dan ortiq xodimlar ishlamoqda, ulardan 70 foizi mahalliy mutaxassislar hisoblanadi.

Shuningdek