Yangiliklar

Samsung kompaniyasi 800 nafar o‘zbekistonlikni ishga oladi

E-7 vizasi bo‘yicha
Foto: Reuters

2025-yilda O‘zbekistondan 800 nafar malakali mutaxassis Samsung Heavy Industries kompaniyasida ish bilan ta’minlanadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kelishuv agentlik va kompaniyaning global kadrlar boshqaruvi rahbari Jinho Bae tomonidan imzolangan.

Ta’kidlash joizki, ishchilar E-7 vizasi bo‘yicha O‘zbekistonda tayyorlanib, keyin Janubiy Koreyada faoliyat yuritadi. E-7 malakali mehnat vizasi yuqori malakali mutaxassislarga uch yilgacha faoliyat yuritish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyada ish joyini tashlab ketgan o‘zbekistonliklar jarimaga tortilishi haqida xabar bergan edi.