Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Ta’til davomiyligi 2025-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi
Foto: Depositphotos.com

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til joriy yilning 25-dekabridan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu ta’til muddati vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga taalluqli hisoblanadi.

Ta’til davomiyligi esa 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston maktab o‘quvchilari qishki ta’tilda necha kun dam olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek