Toshkent viloyatida gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida bir kishi vafot etgan, yana 6 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 5-dekabr kuni soat 07:46 da, ushbu tuman «Kim Pen Xva» MFY, Qutb yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan. Biroq bir kishi vafot etgan, 6 nafar fuqaro esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Hodisa sodir bo‘lgan joyga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev yetib borgan va uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

«Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, Prokuratura, IIB, SSB, “Hududgazta’minoti» rahbar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda”, – deyiladi xabarda.  

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil boshidan gaz bilan bog‘liq holatlar sabab 82 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek