Usmonov FIE prezidenti lavozimidagi faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Sanksiyalar sabab
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Alisher Usmonov o‘ziga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga (FIE) ta’sir qilmasligi uchun tashkilot prezidenti vazifasini ixtiyoriy ravishda to‘xtatishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan qurultoyda Alisher Usmonov ko‘pchilikning ovozi bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti etib saylangan edi.

Avvalroq Kursiv Germaniya prokuraturasi Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek