Wildberries endi mahsulotlarni istalgan punktga qaytarish imkoniyatini taqdim etadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda onlayn-bozor matbuot xizmati xabar berdi
                    
                            
Wildberries onlayn-bozori endi sotib olingan mahsulotlarni istalgan buyurtma tarqatish punktiga (BTP) qaytarish imkonini beradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati TASS agentligiga xabar berdi.
Avvalroq xaridorlar faqat tovarni olgan punktga qaytarishlari mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, Wildberries barcha hamkorlarni qabul qilish punktlari uchun yagona tarmoq yaratish ustida ish olib bormoqda. Ushbu tarmoq 35,5 ming qabul qilish punktini o‘z ichiga oladi va tashabbus hamkorlar hamda mijozlar bilan hamkorlik darajasini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Kursiv Uzbekistan avvalroq Wildberries O‘zbekistonda onlayn xaridlarni rivojlantirishga hissa qo‘shishi haqida yozgan edi.
