2025-yilgi Toyota Land Cruiser 300 taqdim etildi, avtomobil eng yangi axborot-entertainment tizimi bilan jihozlanadi.
Avtombil uch yil oldin taqdim etilgan Land Cruiser 300’ning birinchi yangilangan versiyasi bo‘lib, yangilangan model kelgusi yilning o‘rtalarida sotuvga chiqadi.
Yangi Toyota Land Cruiser 300 salonda yangi texnologiyalar, kengaytirilgan xavfsizlik funksiyalari ro‘yxati va qulaylikni oshirish uchun qo‘shimcha vositalar bilan jihozlanadi.
GX va GXL modifikatsiyalarida 4,2 dyuymli ko‘rsatkich paneli o‘rniga 7,0 dyuymli ekran o‘rnatiladi, aksariyat konfiguratsiyalarda esa 7 dyuymli ko‘rsatkichlar paneli o‘rniga 12,3 dyuymli displey o‘rnatiladi.
Standart jihozlarga yo‘l chizig‘ini ushlab turish va favqulodda boshqaruv tizimlari, shuningdek, avtomobilni favqulodda to‘xtatish tizimi kiradi. Blind spot monitoring tizimi, faqat GXL va undan yuqori modellarida mavjud bo‘lib, eshikni ochishdan oldin yaqinlashib kelayotgan transport vositalari yoki velosipedchilardan ogohlantirish funksiyasiga ega.
Shuningdek, GXL versiyasi past tezlikda orqaga harakatlanayotganda avtomatik ravishda to‘xtash imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan ketma-ket to‘qqizinchi oy Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish kamaygani haqida xabar bergan edi.