Banklarga reklama qonunchiligini buzganligi uchun jarima belgilandi
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «Ipoteka-bank» , «Aloqabank»ning viloyatdagi filiallari hamda «Mehr Ishonch Umid» MChJ qonun talablarini buzgani uchun moliyaviy jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, xususiy maktab tashqi reklama va Telegram kanallardagi e’lonlari uchun reklama pasportini rasmiylashtirmagani aniqlangan. Natijada to‘rtta holatda «Davlat tili haqida»gi va «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 428-son qarori talablari buzilgani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda reklamaning boshqa tillardagi matni davlat tilidagi asosiy mazmunni buzmasligi, tashqi reklama matnlari davlat tilida joylashtirilishi va tarjima matni reklama maydonining 40 foizidan oshmasligi kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan raqobat qoʻmitasi iste’molchilarni chalgʻituvchi chegirmalar haqida ogohlantirgani haqida yozgan edi.