«Gazprombank»ka qarshi sanksiyalar tufayli OKMK loyihasi xavf ostida – The Diplomat

eʼlon qilindi
Корреспондент
Rossiya banki – loyihaning asosiy kreditorlaridan biri
Foto: AGMK matbuot xizmati

AQShning «Gazprombank»ka qarshi sanksiyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ga jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin. Bu haqda The Diplomat jurnali xabar berdi.

Rossiya banki «Yoshlik» konini kengaytirish loyihasining asosiy kreditorlaridan biridir. Avvalroq «Gazprombank» va VEB.RF OKMK uchun $2 milliard miqdorida kredit liniyasini ochish bo‘yicha kelishib olgan edi.

The Diplomat muxbirlarining fikricha, kombinatga sanksiyaga uchragan bankdan kreditni tezda qayta moliyalashtirish juda qiyin kechadi. Rossiyalik kreditor bilan ishlashni davom ettirish, OKMK va kon uchun uskunalar yetkazib beruvchilarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llanilishi xavfini yaratadi.

Konni kengaytirish loyihasining umumiy qiymati $4,8 milliard deb baholanmoqda. Loyihani 2026-yilda tugatish rejalashtirilgan edi. Uning ishga tushirilishi bilan kombinat mis va oltin ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilgan.

So‘nggi yillarda konni kengaytirishga Britaniya va Germaniya kompaniyalari qiziqish bildirmoqda. 2024-yil sentabr oyida Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Germaniya banklari konsorsiumi OKMK uchun 144 million yevro miqdorida transhni kelishib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan OKMK aksiyalarini topshirish «Toshkent» RFB tarixidagi eng yirik kelishuv bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek