Ikki kunda dollar 51 so‘mga qimmatlashdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bugun uning kursi 12 861,25 so‘mni tashkil qildi
                    
                            
6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollarining o‘rtacha kursi yana 24,15 so‘mga oshib, 12 861,25 so‘mni tashkil etdi.
Dollar banklarda 12 775 – 12 825 so‘mdan xarid qilinmoqda va 12 840 – 12 925 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-dekabr kuni dollarning qiymati 27,06 so‘mga oshgan edi. Ikki kun davomida ushbu valyuta 51,21 qimmatlashdi.
