Issiqlik va issiq suv tariflari 2025-yilda ikki marta oshiriladi
2025-yil davomida issiqlik va issiq suv tariflari ikki marotaba oshiriladi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayevning ma’lum qilishicha, har bir narx oshirilishi 15 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra, 2024-yilda viloyatlarda tariflar bir marta, Toshkent shahrida esa ikki marta oshirilgan. 2025-yildan esa viloyatlarda ham ikki marta oshirish rejalashtirilgan.
To‘rayev Koreya va boshqa davlatlar tajribasiga asoslanib, tariflarni optimallashtirish hamda subsidiya yukini kamaytirish maqsadida narxlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, abonent to‘lovlari tizimi ham muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar tasdiqlangani haqida yozgan edik.