Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun $260 million sarfladi

eʼlon qilindi
SpaceX asoschisi prezidentlik kampaniyasining eng yirik siyosiy homiylaridan biriga aylandi
Foto: Reuters.com

Tadbirkor Ilon Mask AQShdagi prezidentlik poygasi paytida Donald Trampga Oq uyga qaytishiga yordam berish uchun kamida $260 million sarflagan. Bu haqda CNN Federal saylov komissiyasi hujjatlariga tayanib, xabar bermoqda.

«SpaceX asoschisi prezidentlik kampaniyasining eng yirik siyosiy homiylaridan biriga aylandi va bu yilgi saylovlarning natijalariga juda katta ta’sir koʻrsatdi», – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, AQSh prezidenti etib saylangan Tramp Mask va biznesmen Vivek Ramasvami hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurashish bilan shugʻullanadigan yangi idoraga rahbarlik qilishini e’lon qilgan edi.

Trampning aniqlik kiritishicha, yangi organ keng koʻlamli tarkibiy islohotlarni amalga oshirish maqsadida Oq uy va uning ma’muriy-byudjet boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask yana eng boy odamga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek