Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish muddatlarini qisqartirish va loyiha biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosasini olish talabini bekor qilish koʻzda tutilmoqda. Endi loyiha talablariga mosligi haqida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chirchiq texnoparkida $200 millionga sanoat zonasi qurilishi haqida xabar bergan edi.