Xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U 2021 – 2023-yillarda ta’lim muassasasiga rahbarlik qilgan
Foto: Yandex Maps

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Muzaffar Kamilov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi, deb xabar qildi Din ishlari boʻyicha qoʻmita.

Eslatib o‘tamiz, Kamilov 2021-yildan 2023-yilgacha akademiya rektori bo‘lgan edi.

Ta’lim muassasasining sobiq rektori Uyg‘un G‘afurov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berganlik uchun jazo joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek