Noyabr oyida 90,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«O‘zenergoinspektsiya» ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Dmitriy / Pixabay

Noyabr oyida O‘zbekistonda 90,4 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot kotibi Navro‘z Norboboyev ommaviy axborot vositalari uchun tashkil qilingan brifingda ma’lum qildi.

O‘tgan oy yakuniga ko‘ra, iste’molchilar tomonidan 70,1 milliard so‘mlik gaz ham qonunga zid ravishda sarflangan. Umuman olganda, joriy yilning noyabr oyida respublika aholisi tomonidan noqonuniy yo‘l bilan 24,1 million kub metr tabiiy gaz va 38,6 million kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan.

Norboboyevning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonda energiya resurslarini oʻgʻirlash boʻyicha 1,6 mingdan ortiq holatlar qayd etilib, 876 ta ma’muriy ish ochilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zenergoinspektsiya» Toshkent shahrida ikki kun ichida 264 ta energiya isrofgarchilik holatini aniqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek