Oltin narxi deyarli o‘zgarishsiz qoldi
eʼlon qilindi
Bir hafta ichida
6-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalarining narxi deyarli 5,601 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bir hafta avval 28-noyabr kuni 5 grammlik oltin quyma narxi 5,606 mln so‘mni tashkil qilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlarni solishtiradigan bo‘lsak, bir hafta ichida narx besh ming so‘mga pasayganini ko‘rishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston oltin zaxiralari qayerda saqlanishi haqida yozgan edik.