O‘zbekistonda 600 dan ortiq shaxslar oqlandi
eʼlon qilindi
Joriy yilning o‘n oyi davomida
2024-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekiston sudlari tomonidan 603 nafar mahkumga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Bu haqda AOKA xabar qildi.
Unga ko‘ra, sudlar tomonidan tomonlarning yarashuvi tufayli 10,8 ming nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari ham to‘xtatildi.
10 oy ichida 5,6 ming fuqaroga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar olib tashlandi. Shuningdek, 9,5 ming mahkumning jazosi yengillashtirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning 3,6 ming mahallasida jinoyatlar qayd etilmagani haqida yozgan edi.