8 – 11-dekabr kunlari mamlakat hududiga sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, havo harorati kechalari 5-10 daraja, shimolda esa 8-13 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduz kunlari harorat 0-5 daraja, shimolda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
8-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi va shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya olishga arizalar qabuli boshlangani haqida yozgan edik.