Samarqand aeroporti reyslarni qabul qilishni tikladi
eʼlon qilindi
Bu haqda UzAirport xabar berdi

Samarqand aeroporti samolyotlarni qabul qilishni davom ettiradi. Ayni damda aeroport normal rejimda ishlamoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Unga ko‘ra, aeroportda cheklovlar 6-dekabr erta tongda tuman tufayli joriy etilgan edi.
Bungacha Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Sheremetyevo – Samarqand yoʻnalishida parvoz qilayotgan samolyoti Buxoroga yoʻnaltirildi.
Bu Samarqandda kiritilgan cheklovlar tufayli yo‘nalishi o‘zgarishiga to‘g‘ri kelgan yagona reys emas.
Kursiv Uzbekistan yozganidek, 2024-yilning yanvar – oktabr oylarida Uzbekistan Airports xizmat ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar sonini 15 foizga oshirdi.