Samarqand aeroporti samolyotlarni qabul qilishni davom ettiradi. Ayni damda aeroport normal rejimda ishlamoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Unga ko‘ra, aeroportda cheklovlar 6-dekabr erta tongda tuman tufayli joriy etilgan edi.
Bungacha Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Sheremetyevo – Samarqand yoʻnalishida parvoz qilayotgan samolyoti Buxoroga yoʻnaltirildi.
Bu Samarqandda kiritilgan cheklovlar tufayli yo‘nalishi o‘zgarishiga to‘g‘ri kelgan yagona reys emas.
Kursiv Uzbekistan yozganidek, 2024-yilning yanvar – oktabr oylarida Uzbekistan Airports xizmat ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar sonini 15 foizga oshirdi.