Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 28,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tezkor tadbir davomida «M.G.M.» oilaviy korxonasiga qarashli binoning yerto‘lasida 244,4 kVt quvvatga ega 89 ta mayning qurilmasi elektr hisoblagichdan chetlab, tarmoqqa noqonuniy ulab ishlatilgani fosh bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy faoliyat tufayli davlatga 28,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq noqonuniy mayning ferma salkam 140 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani haqida yozgan edik.