7-dekabr kuni Olmazor tumanida 5 ming metr masofaga ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 10:00 dan 13:00 ga qadar bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, cheklov quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: THAY – Sog‘lom avlod ko‘chalari; Sog‘lom avlod – Shifokorlar ko‘chalari; Qamarniso – Shifokorlar ko‘chalari; Talabalar ko‘chasi.
Aholi va mehmonlardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishida yangi elektropoyezd ishga tushgani haqida yozgan edik.