Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan barcha mahsulotlarga bojlar joriy etishga va’da berdi. Ularning hajmi 10 foizni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Tramp bu qadamni yanvar oyida rasman oʻz lavozimini egallaganidan keyin qoʻyishi bilan tahdid qilmoqda.
Tahlilchilarning ogohlantirishicha, bu chorani amalga oshirish Amerika rasmiylari Xitoydan qancha tovar kelishini tushunmagani sababli qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bundan tashqari, koʻplab mahalliy tadbirkorlar boj toʻlashdan qochish uchun qonundagi boʻshliqlardan foydalanmoqda.
AQSh hukumati Xitoy bilan savdo munosabatlariga birinchi marta cheklovlar kiritayotgani yoʻq. Ilgari ular asosan texnologik sohaga eʼtibor qaratishgan. Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda Xitoy tovarlariga bojlar oshirilishi haqida yozgan edi.