Yangiliklar

2025-yildan boshlab avtobuslarda naqd to‘lov bekor qilinadi

Bu tizim yo‘lovchilarni elektron to‘lovga o‘tishga chaqiradi
Foto: Yutong

2025-yil 1-yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul orqali to‘lov qilish to‘xtatiladi. Yo‘lovchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishning muqobil usuli taklif etiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdagi bekatlar va ularning yaqin atrofida Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali bir martalik chipta sotib olish mumkin. Bu tizim yo‘lovchilarni elektron to‘lovga o‘tishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan jamoat transportida naqd pul orqali to‘lov 3 ming so‘m bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatida jamoat transporti narxi oshirilishi haqida yozgan edi.