Energiya narxlarining oshishi inflyatsion kutilmalarni oshirdi

eʼlon qilindi
Aholining 51 foizi va biznes vakillarining 48-49 foizi
Foto: Depositphotos

Noyabr oyida O‘zbekistonda inflyatsion kutilmalar aholida 13,7 foiz (+0,9 foiz), biznes vakillarida esa 12,7 foiz (+0,7 foiz) darajaga yetdi. Bu ko‘rsatkichlar may oyida energetika tariflari oshirilganidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarilgan, deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Aholining 51 foizi va biznes vakillarining 48-49 foizi yonilg‘i, energiya va kommunal xizmatlar narxining oshishidan xavotirda.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori inflyatsion kutilma Toshkentda kuzatildi, bu yerda aholining yarmiga yaqini keyingi 12 oyda 17 foiz va undan yuqori inflyatsiya kutilayotganini bildirgan.

Navoiy biznes vakillari esa 14,7 foizlik inflyatsiyani kutyapti. Daromadi yuqori qatlamda inflyatsion kutilmalar keskin oshib, 17,1 foiz (+4,2 foiz) darajaga yetgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nima sababli sabzavotlar narxi oy davomida 9 foizga qimmatlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek