Yangiliklar

«KazTransOyl» Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini 74 foizga oshirdi

225 ming tonna
Foto: «SauTrans»

2024-yilning yanvar – noyabr oylarida «KazTransOyl» kompaniyasi Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga 225 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi hajmdan (129 ming tonna) 74 foizga ko‘proq. Mazkur ma’lumot «Interfax» nashri tomonidan e’lon qilindi.

Dekabr oyida kompaniya ushbu yo‘nalishda yana 4 ming tonna neft yetkazishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda tranzit hajmi uch barobardan ko‘proqqa oshib, 500 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonning «Sanoat Energetika Guruhi» kompaniyasi buyurtmasi asosida tranzit hajmini 1 million tonnaga yetkazish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

«KazTransOyl» – Qozog‘istondagi eng yirik magistral neft quvurlari operatori hisoblanadi. Kompaniyaga tegishli quvurlar tarmog‘ining umumiy uzunligi 5,4 ming kilometrni tashkil etadi. Mazkur kompaniya «QazMunayGaz» guruhi tarkibiga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gazprom va Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga kelishib olgani haqida yozgan edi.