O‘zbekiston fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtiriladi

eʼlon qilindi
Tashqi ishlar vazirligiga buyruq berildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston fuqarolarining Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada o‘qish, malaka oshirish va ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida viza olish tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 7-dekabrda bo‘lib o‘tgan aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligiga ushbu mamlakatlar bilan viza jarayonini osonlashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish topshirildi. Chet elda ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan aloqani kuchaytirish, ularning daromadini oshirish va ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talabalar uchun xorijga chiqish xarajatlari Talabalar uchun xorijga chiqish xarajatlari qoplanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek