O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari noyabr oyida qisqardi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Markaziy bank hisobotida keltirildi
Foto: Moskva 24

Noyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1,67 milliardga kamayib, $41,5 milliardni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

Oltinning fizik hajmi 12,0 million troya unsiyasidan 12,3 million troya unsiyasigacha oshgan. Shunga qaramay oltin zaxiralarining umumiy qiymati $33,4 milliarddan $32,7 milliardgacha qisqargan.

«Oʻzbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2024-yilning noyabr oyida $1,7 milliardga kamaydi. Xususan, oltin narxining $2779,40 dan $2664,30 gacha kamayishining ta’siri -$1,4 milliardni tashkil etdi», – deyiladi MB xabarida.

Shu bilan birga, valyuta zaxiralari $9,2 milliarddan $8,2 milliardgacha pasaygan.

Hisobotga ko‘ra, zaxiralar yil davomida mart oyida $32,2 milliarddan noyabr boshiga qadar rekord darajadagi $43,1 milliardgacha oshgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oltin narxi deyarli o‘zgarishsiz qolgani haqida yozgan edi.

Shuningdek