O‘zbekiston Rossiya shokoladining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi
eʼlon qilindi
2024-yilning dastlabki o‘n oyida
Oʻzbekiston Rossiyaning shokolad va qandolat mahsulotlarining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi. 2024-yilning yanvar – oktabr oylarida Oʻzbekiston Rossiyaning umumiy eksportining 12 foizini sotib olgan.
Oʻzbekistondan tashqari, Qozogʻiston (umumiy yetkazib berishlarning 25 foizi) va Belarus (15 foizi) eng yirik importyorlar boʻlib qolmoqda.
Bu davrda Rossiya shokolad mahsulotlarini $600 milliondan ortiqqa eksport qildi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga koʻpdir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston shokolad importini 41 foizga qisqartirgani haqida yozgan edi.