Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muzokaralar o‘tkazib, tabiiy gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va Turkmanistondan O‘zbekiston uchun gaz yetkazib berishni oshirish masalasida kelishuvga erishdilar. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1 milliarddan oshgani qayd etildi. Yuk tashish, jumladan, Turkmanboshi porti orqali tranzit tashishlar jadallashmoqda, shuningdek, «Shovot – Toshovuz» chegara hududidagi infratuzilma qurilishi davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston bilan «Shovot – Toshovuz» savdo zonasini ishga tushirishni tezlashtirishga kelishib olgani haqida yozgan edi.