Talabalar uchun xorijga chiqish xarajatlari qoplanadi

eʼlon qilindi
Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida
Foto: Piqsels

Kelasi yildan o‘zbekistonlik talabalar uchun xorijda ishlash dasturlarida qatnashish maqsadida yo‘lkira xarajatlarini qoplash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda 7-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.

Yoshlar ishlari agentligi «Work and Travel» kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish uchun talabalar yo‘lkirasi uchun ssudalar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu tashabbus yoshlarning xorijda nafaqat tajriba orttirishi, balki daromad topishiga ham ko‘mak beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni 115 ming nafardan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek