Yangi Toshkentda «Sankt-Peterburg mavzesi» quriladi

eʼlon qilindi
Memorandum imzolandi
Foto: Smolniy

Yangi Toshkent hududida «Sankt-Peterburg mavzesi» barpo etiladi. Ushbu loyiha doirasida memorandum imzolandi. Hujjatga Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov imzo chekishdi. Bu haqda Smolniy matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Sankt-Peterburg quruvchilari uchun bu muhim loyihada qatnashish katta sharaf va mas’uliyatdir. Mazkur mavzeni loyihalashtirishda Sankt-Peterburg me’morlari faol ishtirok etadi», – deya ta’kidladi Aleksandr Beglov.

Shuningdek, gubernator Sankt-Peterburgning O‘zbekiston bilan savdo aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi $500 millionga yetgan bo‘lsa, kelgusida bu ko‘rsatkich $1 milliarddan oshishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga «Sankt-Peterburg» nomi berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek