Fuqarolik jamiyati tashkilotlari qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqda
O‘zbekistonning 50 foiz fuqarolik jamiyati tashkilotlari ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatishda moliyaviy cheklovlarga duch kelmoqda.
BMTning Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. Mazkur so‘rovda zaif qatlamdagi aholini qo‘llab-quvvatlashdagi muammolarni o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqot natijalarini mutaxassis Gulnoza Ahmedova taqdim etdi.
Qayd etilishicha, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan tilga olingan boshqa muammolar orasida xodimlar yetishmasligi va huquqiy muammolar mavjud.
Fuqarolik jamiyatining salohiyatini kengaytirish uchun notijorat tashkilotlariga zaif qatlamdagi aholiga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini taqdim qilish tavsiya etiladi.
Ta’kidlanishicha, faol fuqarolik tashkilotlarining salohiyatini oshirish uchun zaif holatdagi O‘zbekistonda yashovchi fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot kompaniyalarini kengaytirish lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil dekabr oyining boshida O‘zbekistonda notijorat tashkilotlari soni 10 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.