Ommaviy axborot vositalari (OAV) xabariga ko‘ra, qurollangan jangari guruhlar tomonidan Suriya poytaxti Damashq nazorat ostiga olindi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
«Damashqdagi Umayyad maydonida armiyaning qo‘shinlarini olib chiqish bilan bog‘liq tantanalar o‘tkazildi. Guvohlarning aytishicha, maydonda minglab odamlar to‘plangan», – deydi Al Hadath Damashqdagi vaziyat yuzasidan.
«Komersant» ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt aeroporti ish faoliyatida emas, sababi barcha xodimlar ish joylarini tark etgan.
Shuningdek, Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatni tark etgani haqida xabar tarqalmoqda.
Bundan tashqari, Suriya bosh vaziri Muhammad Gazi Al-Djalali hokimiyatni topshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Bu mamlakat qo‘shni davlatlar va butun dunyo bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatadigan normal mamlakat bo‘lishi mumkin. Ammo bu masala Suriya xalqining saylagan rahbariga bog‘liq. Biz u bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», – dedi Suriya Bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Bashar Asad jangarilarga qarshi kurashda Isroildan yordam so‘ragani haqida xabar bergan edi.